Eagle Rock - Dam olish uylari.
1850 m balandlikdagi ajoyib dam olish maskani! Ðóñ | Eng | O'zb
Dam olish maskani
Qoladigan joylar
Flora va fauna
Safarlar
400 yoshli daraxt
Chashma suv
Mountain Bike 2012
Singapurdan Raffles
institutini qutlaydi
   
Eagle Rock on Facebook
Eagle Rock on Facebook
Eagle Rock on Facebook
Eagle Rock on Facebook
 
 
Foto albom Xaritalar Bog'lanish
 
Flora va fauna
  Fotografiyalar:
Hayvonlar
Qushlar
Baliq
O'simliklar
   
 

     O’zbekistonning deyarli to’rtdan bir qismi tog’lar – Tyan-Shan va Pomir-Îltoy tog’ tizmasining tarmoqlari bilan qoplangan. O’zbekiston tarafiga G’arbiy Tyan-Shandan Chotqol, Pskem va Ugam tog’ tizmalari, Pomir-Îltoydan – Turkiston, Zarafshon va Xisor tog’ tizmalari, Qo’xitangtog’, Nurota va albatta, Bobotog’ tizmasi tarmoqlanadi.

    Bu erda o’simliklarning 2200 dan ortiq turlari mavjud – Buyuk Turonning cho’l florasidan tortib sexrli Pomir-Îltoyning baland tog’li o’simliklarigacha keng tarqalgan. Ularning aksariyati, ya’ni 2150 turi yopiqurug’lilarga kiradi.

foto of flora     Tog’ cho’qqisi tomon ko’tarilgan sari siz beshta o’simlik mintaqalarini kesib chiqasiz:

  • 700-1200 m – efemerli-efemeroidli o’simliklar;
  • 1200-1500 m – bargi to’kiladigan-daraõt-butazorli o’simliklar;
  • 1500-2300 m – archazorlar;
  • 2300-2500 m – tikan-do’mboqli o’simliklar va tog’ dashtlari o’simliklari;
  • 2500 m dan yuqori – baland tog’ o’simliklari.

    Eng keng tarqalgan o’simlik oilalari:

  • Astrali/Ìurakkabgullilar (Asteraceae),
  • Kapalakgullilar/Dukkaklilar (Fabaceae),
  • Qo’noko’tlilar/Boshoqlilar (Ðîàñåàå).

     Eng ko’p shaklli urug’lar orasida Astragalus, Allium, Cousinia kabilar uchraydi. O’simliklarning 650 turlariga yaqini tibbiyotda, va 400 tasi – oziq-ovqatda ishlatiladi.

     Tog’lardagi tabiiy-iqlim sharoitlari, cho’llarga nisbatan, yanada õilma-õildir, shuning uchun bu erda o’simliklar va xayvonlarning tur tarkibi ancha boy. Tog’lardagi o’simlik qoplami, balandligiga qarab o’zgaradi, shu bois xayvonot olami xam o’zgachadir. Shu sababli botanik olimlar bir nechta tog’ mintaqalarini farqlaydilar.

Tog’li yarimcho’l mintaqasi

Photo of flora     Bu – dengiz satxidan 200-600 m balandlikda joylashgan tepaliklar va tog’ etaklari– adirlar deb yurtiladigan xududlardir. Bu erda bir yilda 500 mm gacha yog’in-sochinlar tushadi, bu esa cho’lga qaraganda ikki barobar ko’pdir. ßrimcho’lning katta qismida axoli lalmikor dexqonchilik bilan shug’ullanadi. Yovvoyi o’simliklar qisman sariq tuproqli tekisliklardagi o’simliklarga o’õshashdir. Adirlarda juda ko’p qumli bo’ztikanlar mavjud, unga boshoqli, dukkakli va õochgullilardan bo’lgan efemerlar aralashib turadi. Ìay oyining o’rtalarida o’simliklarning asosiy qismi oftobda sarg’ayib kuyib bo’ladi. Bu mintaqada loyli cho’lning ko’pgina jonivorlari uchraydi: o’rtaosiyolik toshbaqa, taqirli yumaloqbosh, kulrang echkemar, xar õil rangli kaltakesak, avdotka, yo’rg’atuvadoq, to’rg’ay va kamenkalar, sariq yumronqoziq, qo’shoyoqlar va qumsichqonlar va boshqalar shular jumlasidandir. Tog’li yarimcho’lga yana boshqa shakllar xam õosdir, masalan, sariq ilon, chipor ilonlar (naqshli, ko’ndalang-targ’il, xar õil rangli), kulrang gekkon, turkistonlik gekkon, ko’kqarg’a, tillarang ko’rkinak, safroli dexqonchumchuq va boshqalar.

     Ushbu mintaqaning ba’zi bir jonzotlari uchun, cho’lning xayvonlari singari, erta urchish va qishki uyqu davriga o’tuvchi, yozgi uyqu õosdir. Lekin tog’li yarimcho’lning bir qator qushlar (ko’kqarg’a, tillarang ko’rkinak va safroli dexqonchumchuq)ning jo’jalari faqat iyunda tuõumdan chiqadi. Bu paytga kelib ko’p miqdorda chigirtkalar paydo bo’ladi, ular yordamida yosh qushlarni boqishadi.

     Sun’iy daraõtzor ko’chatlarda qora kalõatlar, tyuviklar, jig’altoy, qo’ng’ir kaptarlar, xakkalar, go’ngqarg’alar, zarg’aldoqlar, chittaklar, uzunquyruq chumchuqlar, xindistonlik va qorako’krakli chumchuqlar, qoradumli chumchuqlar, janubiy bulbullar, qora qorayaloqlar va boshqa qushlar in quradi. Beda dalalarida qirg’ovul va oddiy bedanalarni uchratish mumkin.

Tog’li dashtlar mintaqasi

Photo of flora     Ko’pincha uni xar õil o’tli dashtlar mintaqasi deb atashadi (dengiz satxidan 600-1100 m).Bu erda yarimcho’llarga qaraganda bir yarim baravar ko’proq yog’in-sochinlar tushadi (bir yilda 500 mm gacha). Xamma erda jarliklar va ochiq tog’ jinslar ko’rinadi. Qurg’oqchilik davri ancha qisqargan. O’simliklar juda quyuq o’sib, bug’doyiq, sovunli ildiz, qizilmiya, ferula, astragallarning xar õil turlari bilan ifodalangan. Bu keng yaylovlar va lalmikor dexqonchilik xududidir.

     Tog’li dashtlar mintaqasi uchun quyidagi sudralib yuruvchilar odatiydir –turkistonlik agama, osiyolik golo-glaz, uzunoyoq scink, sariq ilon, tojik kaltakesak, o’rtaosiyolik ko’zoynakli ilon; qushlardan – bedana, cho’l kakligi, cho’l kuykasi, pushtirang chug’urchiq; sut emizuvchilardan – bo’rsiq, cho’l sassiqkuzani, slepushonka, kulrang og’maõon, oddiy dalasichqon.

Tog’li o’rmonlar mintaqasi

     O’zbekistonning tog’li o’rmonlari dengiz satxidan 1200-2500 m balandlikda joylashgan. Ìazkur mintaqa o’simliklari õilma-õildir. Bargli daraõtlar orasida juda ko’p grek yong’og’i, noklar, olmalar, olchalar va do’lana, janubda – pista, anjir, õurmo va anor o’sadi. Bargli o’rmonlardan so’ng archa butazorlari joylashgan.

     Tog’li o’rmonlarda xayvonlar xayoti uchun sharoitlar, yarimcho’lga nisbatan, juda yaõshi. Bu erda namlik ko’proq, deyarli xamma joyda suv manbalarini topish mumkin, ozuqa ko’p miqdorda, iqlim esa yanada mo’tadil. O’rmonlar orasidagi chuqur jarliklar, tik qoyalar va toshlar to’kilmasi ko’pgina jonivorlarga boshpana beradi.

     Tog’li o’rmonlarda sudralib yuruvchilar kam, ba’zan tog’li dasht va bargli o’rmon chegarasida turkiston agamasi, archazorlardan baland tog’li mintaqaga o’tish xududida ximoloy agamasi uchraydi. Ba’zi joylarda esa dashtlik golo-glaz, gyurza ilon va oddiy qalqonboshni uchratish mumkin.

     Qushlar olamida xammasi o’zgacha. Tongotardan avval, butun atrofdan kakliklar qichqirig’i eshitiladi. Vaqti-vaqti bilan mayda qushlarning suv manbalariga uchishini yoki daraõt shoõlarida ovqat qidirayotganini ko’rish mumkin. Ular orasida ko’p miqdorda v’yuroklar,dexqonchumchuqlar, qizilbosh chumchuqlar, oddiy g’urraklar, archali boltatumshuqlar, uzunquyruq chumchuqlar, chittaklar, popolzen, qizilishtonlar, moyqutlar, sayroqi qushlar, zarg’aldoqlar uchraydi. Tog’ cho’qqilari va daralari uzra yovvoyi qushlar – burgut, lochin, kalõat, oqboshli qumoy, boltayutar uchadi. Bu mintaqada yashovchi qushlar orasida daraõtlarda yashashga moslashgan turlar ko’p. O’rmon qushlari odatda kalta qanot va uzun dumli bo’ladi. Bundan tashqari, tumshuq shakli va o’lchamlarida ifodalangan boshqa bir qator moslanishlar xam uchraydi, masalan, qizilishtonlarda – iskana shaklida, pishchuõa – egilgan bigiz shaklida, archali boltatumshuqda – qandni yorish uchun moslama shaklida, panjalar tuzilishida – ikkita barmoq oldinga yo’nalgan, ikkitasi orqaga, ular yordamida qushlar daraõtlarning tikka satxi bo’ylab tirmashishi mumkin.

Photo of flora     Tog’li o’rmonlar sut emizuvchilarga xam boy. Bu erda ko’p miqdorda to’ng’iz, qor qoploni (irbis) va qoplonlar uchraydi. Bobotog’ archazorlarida burmashoõli takani uchratish mumkin (ÌDX da faqat Qo’xitongtog’ va Darvoza tog’ tizmalarida).

     Bobotog’ning pistali o’rmonlari orasida ko’pincha buõoro qo’yi mavjud. Chotqol tog’ tizmalari etagida kamyob sibir tog’ takasi ko’rinadi. Bargli o’rmonlarda juda ko’p turkiston kalamushi, ba’zida o’rmon sichqonlari, daraõt o’simliklari bo’lmagan yonbag’irlarda esa dalasichqonlar uchraydi. Qoyalar orasida ariq sichqonlari va oqsichqonlar yashaydi, ularga yaqin atrofda esa qadimgi yumronqoziqlar koloniyasi mavjud. Chakanda va maymunjonlarning quyuq changalzorlarida ko’pincha suvsar, daraõtlarda esa sonyalar olmaõonga o’õshash mayda jonivorlar bor.Shuningdek tog’li o’rmonlarda quyonlar, tulkilar va bo’rsiqlar uchrab turadi. Qoya tirqishlarida ko’rshapalaklarosiyo kengquloqlari, kechki yirik ko’rshapalaklar va malla ko’rshapalak,toshli g’orlarda – katta taqaburunlar, qulog’i uchli kechki qushlar boshpana topgan.

     Bobotog’ning baland tog’li mintaqasi (dengiz satxidan 2500-2800 m) tog’ tizmasining yuqori qismidagi katta bo’lmagan maydonni egallaydi. Bu erda iqlim og’ir, shuning uchun asosan dasht florasiga mansub o’simlik o’sadi. Betaga va tog’li kserofitlardan iborat yashil gilam baxorda lolaqizg’aldoqlar, zangori bo’tako’zlar, qizg’ish qo’qongullar va sariq ayiqtovonlar bilan qoplanadi. Baland tog’ mintaqasida xam suvda, xam quruqlikda yashovchilar kam. Bu erda ba’zan yashil cho’lbaqa uchrab turadi. Sudralib yuruvchilardan – oloy golo-glazi, juda kam – ximoloy agamasi va oddiy qalqonbosh uchraydi. Sudralib yuruvchilar sovuq tog’ sharoitlariga moslashish uchun tirik tug’ishga odatlangan. Qalqonbosh va oloylik golo-glaz – tirik tuõum tug’uvchilar (ya’ni qo’yilgan tuõumlardan bir necha daqiqa keyin bolalar chiqadi), ximoloy agamasi esa, ichida xomilasi shakllangan tuõumlar qo’yadi.

     Baland tog’ mintaqasiga õos qushlar orasida ular, loyõo’rak, boltayutar, klushica, baland tog’li zog’cha, baland tog’li zavirushka, shoxli to’rg’ay va ba’zi boshqalarni sanab o’tish mumkin. Umuman, baland tog’li mintaqa qushlarga uncha boy emas. Ko’rsatib o’tilgan ushbu mintaqada in qurib yashaydigan turlardan tashqari, yozning ikkinchi yarmida bu erga tog’li o’rmonlarning ayrim qushlari uchib keladi.

Photo of flora     Baland tog’li yaylovlarda sut emizuvchilardan ayiq yashaydi (qo’ng’ir ayiqning kenja turi, o’zining shimoliy qarindoshlaridan farqli yanada uzun va siyrak junli, mo’ynasi ochroq rangda va oq tirnoqli – shu sababli uni oq tirnoqli deb atashadi), ko’pincha bu erga buõor echkilari, sibir tog’ takalari va qoplon kirib turadi. Tog’li ko’kalamzorlarda ko’p miqdorda sug’urlar, dalasichqonlar va pishchuõalar uchraydi. Kamdan-kam – oqsuvsar va oqsichqon.

     Ìazkur mintaqaning og’ir qish sharoitlariga xar õil turlar turlicha moslashgan. Ayrimlari qishki uyquga kiradi (sudralib yuruvchilar, sug’urlar, ayiq), boshqalar – tog’larning yanada pastki joylariga ko’chadi (qushlar, tuyoqli sut emizuvchilar, qoplon), uchinchilar – qishga zaxiralar to’playdi yoki qor tagida em qidiradi (pishchuõa, dalasichqonlar).

     Darvoqe’, tog’li daryolarda keng tarqalgan va ma’lum bo’lgan baliq – qorabaliqdir, u daryolarning o’pqonlari va chuqurliklarida toshlar va to’nkalar tagida yashaydi. Ìaxalliy axoli uni qo’llari bilan oson tutadi!

Xayvonlar, qushlar, o’simliklar va baliqlar bo’limlari uchun fotosuratlar quyidagi saytlardan olingan:
wikipedia.org, wikimedia.org, zoologist.ru, planetarium.ru, apteka.uz, yandex.ru, fish-book.ru, zooclub.ru, animal-photos.ru


Jami tashrif buyuruvchilar: Ñ÷åò÷èê ïîñåùåíèé
© “Eagle Rock” dam olish maskani. O’zbekiston, Bobotog’ tog’i, G’arbiy Tyan-Shan.
Yovvoyi tabiat qo’ynida dam olish, sharsharalar, antiqa joylarga safarlar, sayrlar, barbekyu, basseyn, bil’yard, voleybol, bolalar o’yin maydonchasi, milliy va evropa taomlari.
Made in "Genesis"Ñòóäèÿ âåá-äèçàéíà Genesis. Ðàçðàáîòêà âåá-ñàéòîâ.